Envast sizni haqiqiy mulk loyihalariga bog‘laydi. Ulush sotib oling, ulushingizga mutanosib ishonchli foyda oling.
16-18% yillik o‘rtacha foyda


Real aktivlar asosida investitsiya: qurilish, yer uchastkalari va ijara obyektlari
Sheriklik asosida investitsiya: real aktivlar, aniq ulush, uzoq muddatli qiymat
Sarmoya xavfsizligi va samaradorligini ta’minlovchi kompleks yondashuv.
Qurilish va yer uchastkalarining haqiqiy ulushlariga ega bo‘ling.
Uzoq muddatli qiymatga ega moddiy ko‘chmas mulkka sarmoya kiriting.
Mulk qadrlanishi va ijara daromadidan foydalaning
Envast platformasidagi har bir loyiha moliyaviy ekspertlar tomonidan tekshirilgan va tasdiqlangan. Biz bilan sarmoyangiz shaffof va ishonchli.
Shaffoflik – barcha shartlar va jarayonlar aniq belgilangan
Real aktivlar – faqat ko‘chmas mulkka investitsiya
Doimiy nazorat – ekspertlar tomonidan audit
Huquqiy kafolat – to‘liq hujjatlashtirilgan mulk huquqi
To‘rtta qadam orqali investitsiya jarayonini boshlang va daromad oling

Akkauntingiz, loyihalar va daromad, hammasi bir ilovada
Sizga qulay bo‘lishi uchun ilovani sodda qildik: bir necha qadam, aniq jarayon va shaffof ma’lumot. Yuklab oling va sinab ko‘ring.
Obyektlar katalogi
Daromad kalkulyatori
Ulush sotib olish
Onlayn to‘lovlar
Hamyon va balans
Daromadlar tarixi
Pul yechish
Hujjatlar va shartnomalar
Envast — bu O'zbekistondagi ko'chmas mulkga jamoaviy investitsiya platformasi. Har bir loyiha alohida Kommandit Shirkati (KSh) sifatida tashkil etiladi va O'zbekiston qonunchiligiga muvofiq rasmiy ro'yxatdan o'tkaziladi.
Yakka holda yirik ko'chmas mulkni sotib ololmasangiz ham, boshqa investorlar bilan birgalikda ulushlarni sotib olib, loyiha foyda olganda ulushingizga ko'ra dividend olishingiz mumkin.
Envastning afzalliklari:
Yakka ko'chmas mulkka qaraganda ancha past kirish summasi (12 mln so'mdan boshlanadi)
Shaffof hisob — har bir tushum/xarajat mobil ilovada aniq ko'rinadi
Tajribali jamoa — loyiha tanlash, boshqarish va sotuv ishlari bilan shug'ullanadi
Diversifikatsiya — bir nechta loyihada qatnashish mumkin
Rasmiy yuridik shakl — har bir loyiha shirkati O'zbekiston qonunchiligi bo'yicha ro'yxatga olinadi
⚠️ Muhim: Investitsiya har doim risk bilan bog'liq. Loyiha rejalashtirilganidek rivojlanmasa, kiritilgan mablag'ning bir qismini yoki to'liq yo'qotish ehtimoli mavjud. Batafsil ma'lumotni "Investitsiya risklari nimalardan iborat?" savolida o'qing.
Kommandit shirkat (KSh) — bu O'zbekiston qonunchiligida ko'rsatilgan biznes shakli bo'lib, ikki turdagi a'zolardan iborat:
| 🟢 To'liq sheriklar | 🔵 Kommanditchilar (Siz) |
|---|---|
| Shirkatni boshqaradilar va barcha qarorlarni qabul qiladilar | Shirkatga kapital qo'yadi, lekin boshqaruvda qatnashmaydi |
| Shaxsiy mol-mulki bilan ham javobgar | Faqat qo'ygan ulushi miqdorida javobgar |
| Envast platformasida — bu Envast jamoasi boshqaradigan to'liq sherik kompaniya (har bir loyiha nizomida aniq ko'rsatiladi) | Bu yerda — siz, investor! |
Investorlar uchun KShning afzalliklari: