23-iyul, 2026

Moliyaviy savodxonlik

Malaka testiga qanday tayyorlanish

Malaka testi sizning investitsiyalar, qimmatli qog'ozlar bozori va tadbirkorlik asoslari bo'yicha bilimingizni baholaydi.


Qanday ishlaydi:

• Testda tasodifiy savollar beriladi (har biriga vaqt ajratiladi).

• Belgilangan foizdan (kamida 75%) yuqori to'g'ri javob bersangiz — ijobiy natija.

• Muvaffaqiyatli o'tsangiz "malakali investor" guvohnomasini olasiz va investitsiya cheklovlari (yillik va bir taklif bo'yicha limitlar) olib tashlanadi.


Tayyorgarlik uchun shu bo'limdagi maqolalarni o'qing: dividend, risk, diversifikatsiya, aksiya/obligatsiya, sof foyda, likvidlik va Envast platformasi asoslari.